22:30 / 10.02.2023
19313

RF TIV: Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi gaz bozoridagi pozitsiyalarini muvofiqlashtirish niyatida

Tomonlar bir-biriga va uchinchi davlatlarga gaz yetkazib berishni maqsad qilmoqda. 

Foto: TASS

Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston energiya bozorlarining o‘zgaruvchanligidan xavotirda, dedi Rossiya TIV MDH mamlakatlari Uchinchi departamenti rahbari Aleksandr Sternik. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada uch davlat tashqi bozorlarda o‘z pozitsiyalarini muvofiqlashtirish niyatida. 

«Biz O‘zbekiston va Qozog‘istonlik hamkorlar bilan muloqotdamiz. Energiya bozorlarining o‘zgaruvchanligi, raqobatchilarimiz qo‘llayotgan «taqiqlangan nayranglar», shuningdek, mintaqadagi haroratning anomal tebranishlari hammani tashvishga solmoqda», dedi Sternik. 

«Tomonlar o‘zaro manfaatli asosda o‘z energetika xavfsizligini mustahkamlash, tashqi bozorlardagi pozitsiyalarini muvofiqlashtirish, jumladan, bir-biriga va uchinchi davlatlarga gaz yetkazib berish niyatida», deb qo‘shimcha qildi u. 

2023 yil yanvar oyida «Gazprom» Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama yo‘l xaritasini imzoladi. Unda Rossiyadan gaz tranzitini Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston orqali o‘tuvchi «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvurlari tizimi orqali amalga oshirishni nazarda tutadi. Ta’minot 2023 yil 1 martdan boshlanishi rejalashtirilgan. 

Top