01:02 / 11.02.2023
19644

Hatayda vayrona ostidan 4 mln dollar topildi, pullar qalbaki bo‘lib chiqdi

Turkiyalik Mehmet O‘zber vayrona ostidan 4 million dollar solingan sumkani topib, politsiyaga topshirgan edi.

Foto: Anadoluda Bugün

Turkiyaning Ko‘niyo viloyati ma’muriyati xodimi Mehmet O‘zber Uslu zilzila yuz bergan Hatay shahrida qidiruv-qutqaruv ishlarida qatnashib, vayronalar ostidan 4 million dollar solingan sumkani topib oldi.

U pullarni mahalliy politsiyaga topshirdi. Uning xatti-harakatlari namunali deb topilib, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab maqtovlarga sazovor bo‘ldi.

Biroq, keyinchalik Sabah nashriga ma’lum bo‘lishicha, politsiyaga topshirilgan sumkadagi pullar qalbaki bo‘lib chiqdi.

6 fevral kuni Turkiya janubida va Suriyaning shimolida magnitudasi 7 balldan ortiq bo‘lgan kuchli zilzila yuz berdi. 10 fevral holatiga qurbon bo‘lganlar soni 20 mingdan oshdi. Shuningdek, bir necha o‘n minglab odamlar jarohat oldi, turar-joy binolari vayron bo‘ldi. Ayniqsa, Hatay va Qahramonmarash shaharlarida vayronagarchiliklar eng ko‘p qayd etildi. Hozirda ushbu hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzu
Turkiyada vayronkor zilzila
6 fevral tongida Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan 7,8 balli zilzila minglab odamlarni hayotdan olib ketdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top