09:39 / 13.02.2023
5992

Zelenskiy 199 nafar rossiyalik va bir ukrainalikka qarshi sanksiyalar kiritdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasining 199 fuqarosi, shuningdek, bir ukrainalikka qarshi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

Foto: president.gov.ua

Jazo choralari haqidagi qaror Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (MXMK) tomonidan qabul qilingan

Ukrainaning qora ro‘yxatiga «Rosenergoatom» kompaniyasi rahbari Andrey Petrov, «Rosatom» davlat korporatsiyasi rahbari o‘rinbosari Yuriy Yakovlev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakovlar kiritilgan. 

Yagona ukrainalik - rus qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olingan, ruslar tomoniga o‘tgan va noyabr oyida ular tomonidan Zaporijjya AES direktori etib tayinlangan Zaporijjya AES bosh muhandisi o‘rinbosari Yuriy Chernichuk.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top