15:41 / 16.02.2023
7973

Tojikistonda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

16 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:32 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 38,65 gradus shimoliy kenglik; 72,39 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4. Chuqurlik - 139 km. Zilzila episentri Toshkentdan 397 km janubi-sharqda.

Bundan oldin Afg‘onistonda bir kunda ikkinchi zilzila sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Top