08:50 / 17.02.2023
3954

Hududlar kesimida OTMda tahsil olayotgan talabalar soni aytildi

Toshkentdagi OTMlarda 354 ming talabalar tahsil olmoqda.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy ta’lim tashkilotlarida 1040,4 ming nafar talabalar tahsil olmoqda.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni:

  • Toshkent shahri – 354 ming; 
  • Samarqand viloyati – 84,7 ming;
  • Farg‘ona viloyati – 77,7 ming; 
  • Toshkent viloyati – 60,3 ming;
  • Andijon viloyati – 58,3 ming;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 57,5 ming;
  • Qashqadaryo viloyati – 57,4 ming;
  • Buxoro viloyati – 54,2 ming;
  • Namangan viloyati – 52,3 ming;
  • Surxondaryo viloyati – 50,6 ming;
  • Xorazm viloyati – 44,6 ming;
  • Jizzax viloyati – 37 ming; 
  • Navoiy viloyati – 30,3 ming; 
  • Sirdaryo viloyati – 21,5 ming.
Top