12:28 / 21.02.2023
5422

Jazeera Airways Al-Kuvayt va Samarqandni bog‘laydi

Kuvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi Al-Kuvayt va Samarqandni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi. 

Foto: Jazeera Airways

Al-Kuvayt — Samarqand — Al-Kuvayt yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar AirbusA320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi parvoz esa 2023 yil 1 martga mo‘ljallangan.

Muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Jazeera Airways O‘zbekistonga parvozlarni 2021 yilda boshlagan. Kuvaytdan Toshkentga muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Kuvaytdan Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari.

Jazeera Airways Kuvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi o‘z terminaliga ega xalqaro aeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgan.

Mavzuga oid
Top