Ma’lum qilinişiça, Fly One Asia aviakompaniyasining 7Q7742 reysi (Madina – Toşkent) Madina aeroportiga qaytgan. Şuningdek, uşbu aviakompaniyaning 7Q4442 reysi (Madina – Farğona) ham Madina aeroportiga qaytib kelgan.

Jazeera Airways aviakompaniyasining J9650 reysi (Toşkent – Quvayt) Toşkentdan mahalliy vaqt bilan 02:01 da uçib çiqqan bölsa-da, yana Toşkent aeroportiga qaytgani bildirildi.

Bundan taşqari, Sam Air aviakompaniyasining 9C3303 reysi (Samarqand – Jidda) Samarqanddan mahalliy vaqt bilan 02:04 da havoga kötarilib, keyin Samarqand aeroportiga qaytib kelgan.

Fly Khiva aviakompaniyasining 2U7911 reysi (Urganç – Madina) esa Urgançdan mahalliy vaqt bilan soat 02:17 da uçib çiqib, yana Urganç aeroportiga qaytgan.

Şuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY336 reysi (Jidda – Toşkent) ham Eron havo hududi yopilgani sababli Jidda aeroportiga qaytişga majbur bölgan.

Aviakompaniyalar va aeroportlar xizmatlari yölovçilarga parvozlar böyiça yangilangan ma’lumotlarni aviakompaniya rasmiy kanallari hamda aeroport ma’lumot xizmatlari orqali tekşirib borişni tavsiya etadi.