2023 yil 24-26 fevral kunlari A-373 Toshkent – O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: FVV matbuot xizmati
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, dovonda tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Shuningdek, joriy yil 21-28 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining Chimyon tog‘larida;
- Namangan viloyati: Pop tumanida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
- Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.