14:30 / 22.02.2023
23412

Putin Ukrainadagi urushda g‘arbni ayblayotganda, Rossiya Xersonni yana o‘qqa tutdi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 363-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Vladimir Putin Federal majlisga murojaat qildi. RF prezidenti o‘z nutqida Ukrainadagi urushni G‘arb boshlagani haqida gapirdi, shuningdek Rossiya AQSh bilan imzolangan strategik hujum qurollarini qisqartirish bo‘yicha kelishuvdagi ishtirokini to‘xtatishini ma’lum qildi.
  • AQSh prezidenti Jo Bayden esa Varshavada chiqish qildi, u bu yerga Kiyevdan poyezd orqali qaytgan. U Ukrainaga muntazam qo‘llab-quvvatlov va’da qildi, rossiyaliklarni esa G‘arb Rossiyaga hujum qilmoqchi emasligiga ishontirdi.
  • Rossiya qo‘shini Xersonni o‘qqa tutdi. Natijada besh kishi halok bo‘lgan, yana 21 kishi jabrlangan. Zarbalar turar joylar, jamoat transporti bekati va muhim infratuzilma obektlariga kelib tushgan.
  • Jurnalistlar Kremlning maxfiy hujjatini qo‘lga kiritdi, unga ko‘ra, Rossiya 2030 yilgacha Belarusni bosib olishni rejalashtirgan.
  • Belgorod oblastida urush boshidan buyon ilk bor diversiya bo‘yicha hukm o‘qildi. Mahalliy aholi vakillaridan ikki kishi uch yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi, ular jazoni qat’iy rejimli koloniyada o‘tashi belgilangan.

Kunning asosiy voqeasi. Xerson yana o‘qqa tutildi

21 fevral kuni — Rossiyada Vladimir Putin Federal majlisga murojaat qilayotganida — Rossiya qo‘shini Xerson markazini o‘qqa tutdi. Mahalliy «Most» nashri guvohlarga tayanib xabar berishicha, snaryadlardan biri jamoat transporti bekatiga kelib tushgan, bu vaqtda bu yerda odamlar bo‘lishgan. Shahar ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan besh kishi halok bo‘lib, 21 kishi yaralangan. Quyida raketa zarbalaridan keyin Xersonda yuzaga kelgan vaziyat aks etgan suratlar.

Vincenzo​ Circosta / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA
Nina Lyashonok / AP / Scanpix / LETA
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA

Putinning murojaati Qrim va LXRda jonli namoyish etilishi

21 fevral kuni Vladimir Putin Federal majlis qarshisida chiqish qildi. U G‘arbni Ukrainadagi urushni boshlashda aybladi va Rossiya go‘yoki bu urushni to‘xtatishga harakat qilganini aytdi. U shuningdek «maxsus harbiy amaliyot» faxriylariga turli imtiyozlar va’da qildi, RF Strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi kelishuvdagi ishtirokini to‘xtatishini ma’lum qildi.

Putinning nutqi Rossiyaning turli shaharlarida, shuningdek annexia qilingan Qrimda va Ukrainaning bosib olingan boshqa hududlaridagi ko‘cha bilbordlarida translatsiya qilindi.

Putinning chiqishi Sevastopol ko‘chalaridan birida translatsiya qilinmoqda
Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA
Luhansk oblastining bosib olingan Novoaydar posyolkasi aholisi Putin nutqi translatsiyasini kuzatmoqda. Novoaydar Luhanskdan 55 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan, bu hudud 2022 yil 3 martida Rossiya qo‘shini tomonidan bosib olingandi.
AP / Scanpix / LETA

Frontning turli chekkalaridagi ukrain jangchilari

Ukraina shaharlari o‘qqa tutilishi

Oblastlar ma’muriyatlariga ko‘ra, 21 fevral kuni Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning sakkiz oblastini o‘qqa tutdi. Ular orasida — Zaporijjya, Dnipropetrovsk va Luhansk oblastlari bor. Jabrlanganlar va vayrongarchiliklar to‘g‘risidagi yakuniy ma’lumotlar kelib tushmagan.

Zaporijjya oblasti Stepnogorsk posyolkasida yashovchi kishi  o‘qqa tutilgan ko‘p kvartirali uy oldidagi ko‘chani supurmoqda. Stepnogorsk Zaporijjya shahridan taxminan 40 kilometr janubda joylashgan.
Reuters / Scanpix / LETA
Dnipro shahrida havo trevogasi e’lon qilingach, dzyudo va qilichbozlik maktabining yerosti boshpanasida mashg‘ulotlarni davom ettirayotgan o‘quvchilari
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblasti Maksimilyanovka qishlog‘i aholisi vakillari rossiyaliklar raketasi kelib tushgan uy hududida xarobalarni tozalamoqda. Maksimilyanovka Donetsk shahridan taxminan 40 kilometr g‘arbda joylashgan.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Italiya bosh vaziri Buchada 

Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Kiyev oblastiga keldi — u Bucha va Irpin shaharlarida bo‘lib, rossiyalik harbiylar tomonidan o‘ldirilgan tinch aholi vakillari ommaviy qabrlarini ziyorat qildi. Kiyev oblasti harbiy ma’muriyati qayd etishicha, Meloni «ko‘rgan manzaralaridan qattiq ta’sirlangan». Ukraina qurolli kuchlari Bucha va Irpinni 2022 yil aprelida ozod etgandi. Ikki shaharda ham Rossiya bosqini vaqtida yuzlab tinch aholi vakillari shafqatsizlarcha qatl etilgan.
Federico Quintana / SIPA / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top