16:32 / 23.02.2023
25391

Baxmutda o‘lim topgan vagnerchilar va Kiyev oblastida dafn marosimi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 364-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Davlat dumasi va Federatsiya kengashi Rossiyaning Strategik hujum qurollarini qisqartirish bo‘yicha kelishuvdagi ishtiroki to‘xtashi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
  • «Lujniki»da Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qo‘llab-quvvatlovchi miting-konsert bo‘lib o‘tdi. Marosimga RF prezidenti Vladimir Putin ham tashrif buyurdi.
  • Yevgeniy Prigojin «Vagner» XHKning o‘ldirilgan askarlari jasadlari aks etgan fotosuratni e’lon qildi va ularning o‘limida xususiy harbiy kompaniyani zarur miqdorda o‘q-dori bilan ta’minlamayotgan Rossiya mudofaa vazirligini aybladi.
  • Rossiya armiyasi to‘g‘risida «feyk» tarqatishda ayblanib, tergov izolyatorida bo‘lgan muxolifatchi Vladimir Kara-Murza buyruqqa itoat qilmagani uchun to‘rt kun muddatga karserga yuborildi.
  • Moskvalik 18 yoshli faol Maksim Lipkan «Radio Svoboda»ga bergan intervyusi tufayli Rossiya armiyasi to‘g‘risida «feyk» tarqatish moddasi bo‘yicha tergov izolyatoriga yuborildi.

Kun kadri. «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining Baxmut atrofida halok bo‘lgan yollanma jangchilari jasadlari

22 fevral kuni «harbiy muxbir» Vladlen Tatarskiy telegram-kanalida o‘ziga «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin tomonidan yuborilgan fotosuratni joylashtirdi, kadrda halok bo‘lgan o‘nlab vagnerchilar jasadlari aks etgan. Prigojin ularning o‘limiga mudofaa uchun o‘q-dori yetishmasligi sabab bo‘lganini aytgan. Prigojin Tatarskiyga foto bilan qo‘shib yuborgan ovozli xabarga ko‘ra, bu surat Donetsk oblastining 2022 yil iyulidan buyon qaqshatqich janglar ketayotgan Baxmut shahri atrofida olingan. Bu yo‘nalishda Rossiya tomonidan asosan aynan «Vagner» XHK yollanma jangchilari yurish qilmoqda. Prigojin Tatarskiyga uning jangchilari Baxmutdan ketmasligini aytgan: «Biz shunchaki barcha vagnerchilar tugamaguncha ikki barobar ko‘proq halok bo‘laveramiz». RF mudofaa vazirligi Prigojinning vazirlik «Vagner» uchun snaryadlar ajratmayotgani to‘g‘risidagi ayblovlarini «his-hayajonga berilish» deb atagan. Bundan tashqari, vazirlik o‘q-dorilar ajratilganini ma’lum qildi, Prigojin esa bunday javobni «tupurib qo‘yish» deb atadi, ammo 23 fevral tongida baribir o‘q-dori yuborish boshlanganini tasdiqladi. Rossiya hukumati quyidagi fotosuratga hech qanday munosabat bildirmagan.

Foto: Yevgeniy Prigojin

Baxmutdagi ukrain askarlari

RF armiyasi yetti oydan buyon Baxmutni qamal qilmoqda — ammo uni egallay olmayapti. Ukraina davlat chegara xizmatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, chegarachilar Baxmut yo‘nalishida dushmanning ikki hujumini qaytargan. Ukraina tomoni tasdiqlashicha, bu hujumlar vaqtida kamida 25 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. Bu ma’lumotni mustaqil manba orqali tekshirish imkonsiz. RF mudofaa vazirligi 22 fevral kungi brifingida Baxmutni (Rossiya hukumati bu shaharni eski nomi Artemovsk bilan ataydi) tilga olmagan. 

Oldingi chiziqdagi boshpanada turgan ukrain harbiysi
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari jangchisi Baxmut ko‘chalarida navbatchilik qilmoqda
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar yaralangan quroldoshiga yordam ko‘rsatmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrainaning 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi harbiy shifokori front chizig‘i yaqinidagi hospitalda yaralangan askarning yarasini bog‘lamoqda. Foto: John Moore / Getty Images
Ukraina qurolli kuchlari harbiy shifokorlari jangda yaralangan askarni zambilda olib ketmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiy mediklari halok bo‘lgan ukrain askarlari jasadlarini o‘rab chiqmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Donetskdagi hayot 

Donetsk ko‘chalaridan birida ketayotgan Rossiya harbiy texnikasi — 2014 yil aprelidan buyon «DXR» va Rossiya nazoratida qolayotgan bu shahar 2022 yil 30 sentabridagi «referendum»dan keyin Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi. Donetsk tez-tez Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutiladi — 23 fevral kuniga o‘tar kechasi ham shaharga zarbalar kelib tushdi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, ukrain harbiylari ikki soat ichida shahar tomon 30 ga yaqin snaryad uchirgan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Donetsklik kishi harbiy anjomlar bilan savdo qiluvchi «Spetskontora» do‘konida kurtkani o‘ziga o‘lchab ko‘rmoqda
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
«Spetskontora» do‘konida ish ustidagi tikuvchi ayol
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Donetsk ko‘chalaridan biri Z belgilari aks etgan fuqarolik avtomobili
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
O‘q izlari qolgan devor
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press

Kiyev oblastida dafn marosimi

Kiyev oblasti Belaya Tserkov shahrida urush boshida Ukraina qurolli kuchlari safiga yozilgan ko‘ngilli Roman Shevchenkoning dafn marosimi. Shevchenko 9 fevral kuni Donetsk oblasti janubidagi Vuhledar shahri uchun janglar vaqtida halok bo‘lgan. Anneksiya qilingan «DXR» rahbari Denis Pushilin 23 yanvar kuni Rossiya qo‘shini Vuhledar shahriga kirgani haqida xabar qilgandi, ammo Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi shaharga hujum qaytarilganini ma’lum qilgan. Fevral oyi o‘rtalarida Ukraina qurolli kuchlari Vuhledar atrofida Rossiya dengiz piyodalari brigadasi saralangan guruhi yakson etilgani haqida xabar berdi. RF armiyasi harbiylaridan biri 500 nafar quroldoshi halok bo‘lganini aytib bergan. Rossiya mudofaa vazirligi bu xabarlarga munosabat bildirmadi. Britaniya razvedkasi hisoblashicha, Rossiya Vuhledarga yangi yurish boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda, ammo ekspertlar RF armiyasi bu yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishishiga shubha bilan qarashmoqda. 

Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top