12:12 / 23.02.2023
21980

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tasdiqlandi 

Turkiya Respublikasi bilan imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qilinadi.

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022 yil 29 mart kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.

Mavzuga oid
Top