Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha O‘zbekistonda savdo nuqtalari ochishni rejalashtirmoqda
Polsha kompaniyalari O‘zbekistonda, xususan, “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin iqtisodiy zonasi hududida savdo nuqtalari va do‘konlar ochishni rejalashtirmoqda. Bu masala Podkarpat voyevodligida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida muhokama qilindi.
Foto: “Dunyo” AA
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, uchrashuvda Liderzy Nieruchomosci, Dreyzac, Pro Basecamp, Brigante, Szwalnia Janus, Yoshi Innovation, Fireflies, Customs Clearance Services Poland, Poplonski Trading Company kabi qator nufuzli kompaniyalar rahbarlari ishtirok etgan.
Muloqot chog‘ida Polsha va O‘zbekiston o‘rtasida farmatsevtika, aviatsiya, qurilish, transport va logistika, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, kimyo, geologiya, turizm, mehnat migratsiyasi, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt hamda ta’lim sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ayniqsa, Polsha kompaniyalarining “Termiz xalqaro savdo markazi” EIZ hududida do‘konlar va savdo nuqtalarini ochishi bo‘yicha aniq tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, bu yo‘nalishda tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida 2026 yil fevral–mart oylarida Polsha biznes doiralarining O‘zbekistonga, xususan Surxondaryo viloyatiga navbatdagi biznes-missiyasini tashkil etish masalasi yuzasidan fikr almashildi.
Qayd etilishicha, bunday tashabbuslar ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni ko‘paytirish va yangi investitsiyalarni jalb etishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:52 / 28.02.2026
Nemsovning o‘ldirilganiga 11 yil: YeI jinoyat haqida eslatdi
08:50 / 23.02.2026
Polsha bilan chegaradan o‘tishni yengillashtirish yuzasidan muloqot boshlandi
08:00 / 20.02.2026
Xitoyning 2025 yilgi savdo xaritasi: AQSh yetakchi, Osiyo tezlashmoqda
10:02 / 17.02.2026