Naşrda ta’kidlanişiça, tomonlar Xunjyerab dovoni orqali Pokiston–Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston xalqaro transport yölagi doirasida transport aloqalarini rivojlantiriş hamda hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qilgan.
Muzokaralar Özbekiston delegatsiyasining Pokistonga taşrifi doirasida, Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari Şohrux Ğulomov hamda Pokiston Milliy logistika korporatsiyasi (NLC) boş ijroiya direktori Şoaib Ahmad Xon örtasida bölib ötgan uçraşuvda ötkazilgan.
Taşrifning asosiy maqsadi sanoat, investitsiya va logistika sohalarida hamkorlikni çuqurlaştiriş imkoniyatlarini örganiş, şuningdek, ikki mamlakat örtasida tranzit boğliqlikni mustahkamlaşdan iborat bölgan.
Özbekiston delegatsiyasi taşrif davomida Karaçi porti imkoniyatlari bilan tanişgan. Port infratuzilmasidan foydalangan holda tranzit yönalişlarini kengaytiriş va Özbekiston mahsulotlarining xalqaro bozorlarga çiqişini osonlaştiriş masalalari ham muhokama qilingan. Taşrif yakunlariga köra, tomonlar mintaqaviy transport boğliqligini yaxşilaşga qaratilgan qöşma taşabbuslarni işlab çiqiş va maslahatlaşuvlarni davom ettirişga kelişib olgan.
Maqolada keltirilişiça, 2025 yil yanvar–noyabr oylarida Özbekiston va Pokiston örtasidagi savdo aylanmasi 434,4 mln AQŞ dollarini taşkil etgan. Bu körsatkiç 2024 yilning şu davriga nisbatan (371,5 mln dollar) 16,9 foizga oşgan. Şuningdek, 2023 yilning mos davrida qayd etilgan 356,0 mln dollar bilan soliştirganda, ösiş 22 foizni taşkil etgani ta’kidlangan.
Naşr xulosasida uşbu raqamlar ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy aloqalar barqaror ravişda kengayib borayotganini körsatişi qayd etilgan.












