18:53 / 23.02.2023
15328

Xorijliklar yetim qolgan turk bolalarini asrab olishi mumkinmi? - Turkiya elchisi javob berdi

Diplomatning aytishicha, ayni paytda Turkiyada 1858 bola zilzila oqibatida yetim qolgan.

Foto: AP

Turkiyada zilzila oqibatida yetim qolgan bolalarni xorijliklar asrab olishi mumkinmi? Bu savolga Turkiyaning Qozog‘istondagi elchisi Ufuq Ekiji javob berdi.

Diplomatning aytishicha, ayni paytda Turkiyada 1858 yetim bola homiylik ostida. Ulardan 200 nafarining shaxsi va hujjatlari hali aniqlanmagan.

«Zilzila oqibatida yetim qolgan bolalar hozir davlat nazoratida. Hozirda ushbu bolalarning shaxsini aniqlash va hujjatlarini tiklash ishlari olib borilmoqda. Ularga psixologik yordam beriladi. Bu bolalar xorijliklarga asrab olish uchun berilmaydi. Ular Turkiyadagi qarindoshlarining oilalariga joylashtiriladi», deb Ufuq Ekiji so‘zlarini keltirdi Kazinform.

Mavzu
Turkiyada vayronkor zilzila
6 fevral tongida Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan 7,8 balli zilzila minglab odamlarni hayotdan olib ketdi.
Barchasi
Top