Samarqanddan Ufaga parvoz qilgan samolyot uchish aeroportiga qaytib keldi. Bu haqda Uzbekistan Airpors xabar bermoqda.

Foto: Uzbekistan Airpors
«Azimut» aviakompaniyasining Samarqand — Ufa yo‘nalishi bo‘ylab uchgan samolyoti texnik sabablarga ko‘ra «Samarqand» xalqaro aeroportiga qaytgan.
Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da bortida 87 yo‘lovchi bo‘lgan AZO7040 reysi uchish aeroportiga kelib qo‘ndi.
Ayni damda yo‘lovchilar Samarqand aeroporti terminaliga joylashtirilgan.