16:51 / 27.02.2023
5788

BMT bosh kotibi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini keskin tanqid qildi

Rossiya tajovuzkorligi inson huquqlarining ommaviy buzilishiga olib keldi, dedi Antoniu Guterrish. U, shuningdek, Ukrainadagi urush davrida harbiy asirlarning huquqlari qo‘pol ravishda buzilganiga ishora qildi.

Foto: Reuters

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya tomonidan Ukrainada sodir etilgan inson huquqlari buzilishini keskin tanqid qildi. Guterrish 27 fevral, dushanba kuni Jyenevada bo‘lib o‘tgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishi ochilishida Moskva tomonidan boshlangan tajovuzkor urush zamonaviy dunyoda inson huquqlarining eng ommaviy buzilishiga olib kelganini ma’lum qildi

BMT bosh kotibiga ko‘ra, Ukrainaga qarshi bir yil avval boshlangan urush odamlarning halok bo‘lishiga, vayronagarchiliklarga va katta miqyosda ko‘chirilishiga olib keldi. Tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga qilingan hujumlar ko‘plab qurbonlar va dahshatli azob-uqubatlarga sabab bo‘ldi, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘nlab jinsiy zo‘ravonlik holatlarini hujjatlashtirdi, dedi jahon tashkiloti rahbari. 

Antoniu Guterrish, shuningdek, insonparvarlik qonunchiligining qo‘pol ravishda buzilishi, xususan, harbiy asirlarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lish va tinch aholini o‘g‘irlab ketish holatlari haqida xabar berdi. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishida 47 a’zo davlat Ukrainadagi urush davrida harbiy jinoyatlarni qayd qiluvchi BMT komissiyasining vakolatini uzaytirish bo‘yicha kelishib olish niyatida. 

Mavzuga oid
Top