12:27 / 27.02.2023
4857

Hokimlarga ishonchsizlik votumini bildirish institutini tashkil etish taklif qilindi

O‘zbekistonda Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasining muhokamalarida fuqarolardan 150 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan.

Foto: Shutterstock

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, takliflar orasida mahalliy Kengashlarga ham hokimlarga ishonchsizlik votumini bildirish vakolatini berish haqidagi taklif ham bor.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston qonunchilik hujjatlarida mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari, ya’ni hokimlarga nisbatan u yoki bu vakillik organi yoki tashkilot tomonidan ishonchsizlik votumini bildirish bo‘yicha normalar o‘rnatilmagan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2019-2021 yillarda jami 28 253 ta hujjatlari, shundan prokuratura, adliya va boshqa organlar ta’sir choralariga asosan 14 492 ta qaror va farmoyishlar bekor qilingan va 8 725 tasi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan, 5 036 tasi sud organlari tomonidan haqiqiy emas deb topilgan.

Mahalliy vakillik organlari vakolatlarini kuchaytirish, ularni xalq vakillari sifatida ijro organlari faoliyatiga huquqiy baho berishi huquqiy asoslarini yaratish maqsadida hokimlarga va kengashga hisobot beruvchi shaxslarga ishonchsizlik votumini bildirish yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilyapti.

Top