10:05 / 27.02.2023
5433

Parlament spikeri: Moldova NATOga kirish niyatida emas

Moldova NATOga kirish niyatida emas, lekin alyans bilan hamkorlikni davom ettiradi, dedi Grosu. Kishinyov Rossiya Dnestrbo‘yi mintaqasida diversantlar tayyorlayotgani, ular keyinchalik Ukrainaga yuborilayotgani haqida hech qanday ma’lumotga ega emas, dedi u.

Igor Grosu / Foto: DW

Moldova Respublikasi NATOga a’zo bo‘lish niyatida emas, lekin xavfsizlik salohiyatini mustahkamlash uchun alyans bilan hamkorlik qilishi kerak. Bunga parlament raisi, Harakat va birdamlik partiyasi yetakchisi Igor Grosu PRIME telekanalining «Praym Taym» dasturi efirida ishonch bildirdi. Intervyu matni 26 fevral, shanba kuni telekanal saytida e’lon qilindi.

Shu bilan birga, siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, «Moldovaning NATOga qo‘shilishi yoki qo‘shilmasligi masalasi ko‘rib chiqilmayapti».

Grosu Moldova rasmiylari Rossiya Dnestrbo‘yi mintaqasida diversantlar tayyorlayotgani, ular keyinchalik Ukrainaga yuborilayotgani haqida ma’lumotga ega emasligini ta’kidladi. «Bizning ma’lumotlarimiz shuni ko‘rsatadiki, ha, bo‘linmalar ma’lum bir jangovar tayyorgarlikda», dedi u va ularning harbiy harakatlardagi ishtiroki haqida gap ketmayotganini qo‘shimcha qildi.

Parlament spikeri «mavjud hisob-kitoblarga ko‘ra, Putinning bevosita maqsadi Luhansk va Donetsk viloyatlarining ma’muriy chegaralariga yetib borish» ekanini ta’kidladi. Ukraina armiyasi «sharqiy va shimoliy jabhalarda» ommaviy ravishda jamlanganga o‘xshaydi, deya qo‘shimcha qildi u.

Moldova va NATO o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha individual harakatlar rejasi 2006 yil 19 mayda Shimoliy Atlantika alyansi kengashi tomonidan tomonlar kelishuvi bilan tasdiqlangan va o‘sha yilning 24 mayida Kishinyov tomonidan tasdiqlangan. Moldova TIV ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu reja 2010, 2014, 2017 va 2022 yillarda yangilangan.

Mavzuga oid
Top