Boshqaruvni yo‘qotgan Lacetti yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk avtomobili tirkamasining orqa qismiga borib urilgan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 23 fevral kuni soat 04:20 larda M-37 avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi 44-kilometrida sodir bo‘lgan.
Buxoro-Samarqand yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Lacetti mashinasi haydovchisi uxlab qolgan. U boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk avtomobili tirkamasining orqa qismiga borib urilgan.
Oqibatda Lacetti haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.