Afg‘onistonda 4,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila episentri Toshkentdan 541 km janubi-sharqda, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Foto: Shutterstock
Ma’lum qilinishicha, 1 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:26 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 36,53 gradus shimoliy kenglik; 70,66 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4,5. Chuqurlik 149 km. Zilzila episentri Toshkentdan 541 km janubi-sharqda.