
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 1 mart kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi.
Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarboyjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun, 1 mart kuni O‘zbekiston va Ozarboyjon prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, unda yetakchilar avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladi.
2 mart kuni Bokuda eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri - Qo‘shilmaslik harakati sammiti bo‘lib o‘tadi. Tadbirning yalpi sessiyasida O‘zbekiston prezidenti nutq so‘zlaydi.