Ozarboyjon Boş prokuraturasi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida qaysi tomonda bölişidan qat’i nazar iştirok etiş mamlakatda jinoyat hisoblanişini va bunday qilmiş uçun umrbod qamoq tahdidi borligini eslatdi. Idoraning bu haqdagi xabari duşanba kuni, 29 dekabrda e’lon qilindi.

Idora bayonotida Ozarboyjonning “bir qator fuqarolari”ning “Rossiya va Ukraina örtasidagi harbiy operatsiyalarda, şuningdek boşqa qurolli mojarolarda” iştirok etişiga doir “faktlar” paydo bölayotgani aytilgan. “Afsus bilan qayd etamizki, uşbu jang operatsiyalari oqibatida halok bölganlar, oğir yaralanganlar va asirga tuşganlar orasida ham fuqarolarimiz bor”, — deyiladi xabarda.

Şuningdek, Ozarboyjon Jinoyat kodeksidagi yollanma jangçilik haqidagi modda eslatildi: u 8 yildan umrbod ozodlikdan mahrum etişgaça jazoni nazarda tutadi. Bir qator fuqarolarga nisbatan uşbu modda böyiça jinoyat işlari qözğatilgan, tergovlar olib borilmoqda. Uşbu ozarboyjonliklar Ukrainada jang qilgan-qilmagani va ular soni qança ekani aniqlaştirilmagan.

“Fuqarolarimizni huşyorlikni saqlaşga, qonunga zid da’vatlarga uçmaslikka va davlatimiz qonunlarini hurmat qilişga çaqiramiz”, — deb yakunlagan boş prokuratura.

Ozarboyjon fuqarolarining Ukrainadagi uruşda iştirok etişi böyiça aniq ma’lumotlar yöq. 2023 yil may oyida Bokudagi Ukraina elçixonasi panjarasida “Xotira devori” — Ukraina Qurolli kuçlari tomonida jang qilgan va frontda halok bölgan ozarboyjonliklarning suratlari ilingan taxta oçilgan. Oçiliş marosimida halok bölganlarning onalari ham iştirok etgan. Öşa paytda u yerda 26 ta ism bölgan.

2025 yil aprelida Media.az portali Ukrainada frontning qarama-qarşi tomonida ikki ozarboyjonlik — Sanan Moxsumov va Guseyn Isayev halok bölgani haqida yozgan. Ikkinçisi — Guseyn Isayev — qotillik uçun qamoqda ötirgan joyidan RF Qurolli kuçlariga yollangani aytilgan.