Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston-Amerika muzokaralari boshlandi
Bugun Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov va bir kun avval tashrif bilan mamlakatga kelgan AQSh davlat kotibi Entoni Blinken o‘rtasida muzokaralar boshlandi.
Foto: Kun.uz
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston-AQSh strategik sherikligini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Entoni Blinken O‘zbekistonga tashrifidan avval u Qozog‘istonda bo‘ldi. U 28 fevral kuni Osiyoga turnesi doirasida Qozog‘iston poytaxti Ostonada Markaziy Osiyo mintaqasidagi beshta davlat (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgandi.

Toshkentda u rasmiylar bilan «bir qator mintaqaviy va ikki tomonlama masalalar bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish» yuzasidan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu uning O‘zbekistonga birinchi tashrifi bo‘ldi.
Mavzuga oid
13:27
“Faqat AQSh himoya qila oladi”: Tramp Grenlandiya masalasini tezlashtirmoqda
12:00
Trampning “Tinchlik kengashi”ga 35 ga yaqin davlat qo‘shilishga rozi
10:13
Putin “Tinchlik kengashi”ga Rossiya aktivlaridan 1 mlrd dollar berishga tayyor
09:42