Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida o‘qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalarning takliflarini o‘rganishni maqsadida murojaatlar portali ishga tushirilyapti.
Endi o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar:
- ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar;
- korrupsiya holatlari yuzasidan asoslangan faktlar;
- tashabbuslar, loyihalar, fikr va mulohazalarini vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llashi mumkin.
Mazkur taklif, tashabbus va mulohazalar vazir nazoratida bo‘lib, vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi. Ular asosida muammolar hal etilib, yangi loyihalar joriy etiladi.