19:36 / 13.03.2023
12970

O‘zbekiston shaxmat jamoasi Osiyoda eng yaxshisi deb e’tirof etildi

Foto: Uzbekistan Chess Federation

Abu-Dabi shahrida Osiyo shaxmat federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan Asian Chess Summit 2023 doirasida 5th Annual Asian Chess Excellence Awards taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi uch nominatsiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:  
1. Yilning eng yaxshi terma jamoasi (National Team of the Year) — Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘olib chiqqani uchun. 

2. Yilning eng yaxshi yoshlar terma jamoasi (National Youth Team of the Year) — 2022 yil Ozarboyjonda o‘tgan Butunjahon o‘smirlar shaxmat olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgani uchun. 

3. Yilning eng yaxshi Rapid o‘yinchisi (Rapid Player of the Year) — Nodirbek Abdusattorov.

Mavzuga oid
Top