09:03 / 15.03.2023
40129

«O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi matni e’lon qilindi

«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Qonun loyihasi 6 bo‘lim, 155 moddadan iborat

Konstitutsiyaviy Qonun referendum yakunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo‘lmagan qismida qo‘llanadi.

Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qat’i nazar, Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytdan e’tiboran to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi.

Avvalroq, Oliy Majlis Senati 14 mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisda yangi tahrirdagi Konstitutsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullagandi. 

83 senatordan 80 nafari qarorni qo‘llab-quvvatladi, 1 nafari betaraf qoldi, 2 nafari esa ovoz bermadi. 30 aprel kuni umumxalq referendumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Saylov byulletenida «Siz «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?» degan savol bo‘ladi.

Top