07:21 / 17.03.2023
6129

Zelenskiy: Harbiy jinoyatlarda aybdorlarning barchasini sud kutmoqda

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kechki videomurojaatida Mariupoldagi teatr vayron qilinganining bir yilligi munosabati bilan bayonot berdi.

Foto: president.gov.ua

«Ukrainaliklarga qarshi harbiy jinoyatlar uchun javobgar bo‘lganlarning hammasi Xalqaro jinoiy sud va milliy sudlar oldida javob beradigan kun keladi», dedi u. 

Mariupolda drama teatriga Rossiya havo hujumlari natijasida binoda boshpana topgan odamlar halok bo‘lgandi. 

«Biz hali qancha kishi o‘lganini bilmaymiz - yuzlab, minglab odamlar?» - deya eslatdi Zelenskiy.

«Kun keladi va biz Mariupolni ozod qilamiz, - deya qo‘shimcha qildi u. - Kun keladi va xalqimizga adolatni qaytaradigan tribunal tuziladi». 

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, «rashizm jazosiz yovuzlik bo‘lib qola olmaydi».

Bundan oldin Human Righs Watch inson huquqlari tashkiloti urush boshlanganidan keyin Ukraina maktab-internatlaridagi bolalar taqdiri haqida hisobot e’lon qilgandi.

2022 yil 24 fevral holatiga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganda, Ukraina maktab-internatlarida 105 mingdan ortiq bola bor edi. Bu haqda Human Righs Watch xalqaro inson huquqlari tashkilotining 13 mart kuni chop etilgan hisobotida aytiladi.

Urush ommaviy evakuatsiyaga olib keldi, imkon qadar bolalarni ota-onalariga qaytarishga (90 foiz hollarda ulardan kamida bittasi ota-onalik huquqiga ega edi va urushdan oldin bolani maxsus muassasaga yuborish oiladagi qashshoqlik bilan bog‘liq bo‘lgan) yoki vasiylarga topshirishga harakat qilishdi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top