11:29 / 18.03.2023
6263

Toshkentga elektr energiyasi Yunusobod orqali o‘tgan bitta yuqori kuchlanishli tarmoq orqali yetkazib berilmoqda 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida nutq so‘zlamoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari poytaxtning rivojlanish rejalarini belgilashda albatta mavjud va istiqbolli energetika masalalarini hisobga olish zarurligini qayd etdi.

Poytaxtda so‘nggi 6 yilda elektr energiyasi iste’moli 30 foizga oshib, yiliga qariyb 8 milliard kilovatt-soatga yetdi.

So‘nggi yillarda poytaxt uchun eng dolzarb bo‘lgan uy-joy qurish, mahallalarni obod qilish, yangi korxonalar va ish o‘rinlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Lekin poytaxtga elektr energiyasi Yunusobod orqali o‘tgan bitta yuqori kuchlanishli tarmoq orqali yetkazib berilmoqda. Mavjud podstansiyalar ma’nan va jismonan eskirgan. Shu bois, endi poytaxt energetika infratuzilmasini yangilash ustuvor vazifa bo‘ladi.

Shu maqsadda Toshkent shahri elektr ta’minoti tizimini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha katta dastur qabul qilindi, dedi prezident.

Top