13:50 / 21.03.2023
8314

Toshkentda daraxtga yashin urishi oqibatida yaqin atrofdagi maktab eshik va oynalariga zarar yetdi

Toshkent shahrida kecha, 20 mart kuni kuzatilgan kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida Mirobod tumanida daraxtga yashin urishi hodisasi qayd etildi.

Foto: FVB

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Mirobod tumanidagi 83-sonli umumta’lim maktabi oldidagi daraxtga yashin urishi ro‘y bergan.

Hodisa oqibatida maktab binosining eshik va oynalariga zarar yetgan. 

Qayd etilishicha, ushbu hodisa natijasida jabrlangan yoki halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.

Top