Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni Baxmutga hujum boshlanishini ma’lum qildi
Foto: AP
Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Ukraina Qurolli kuchlarining Baxmut hududiga yaqin oradagi hujumi haqida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Vagner» XHK Rossiyaning bu yo‘nalishdagi asosiy kuchi bo‘lib qolmoqda.
«Hech narsani ayamay, ular sezilarli kuchini yo‘qotyapti va zaiflashib boryapti. Tez orada biz Kiyev, Xarkiv, Balakliya va Kupyansk yaqinlarida bo‘lgani kabi bu imkoniyatdan foydalanamiz», deb yozadi Sirskiy.
Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti (ISW) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi hujumi eng yuqori darajaga chiqishi arafasida. So‘nggi haftalarda Rossiyaning Donbassdagi hujum operatsiyalari sur’ati sekinlashdi, bu Rossiya Qurolli kuchlarining bahorgi hujumi yaqin orada yakunlanishidan dalolat berishi mumkin, deydi tahlilchilar.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidagi vaziyatning navbatdagi sharhida ular Ukraina Qurolli kuchlari Sharqiy kuchlari guruhi spikeri Sergey Cherevatiyning Rossiya Donbassda kutilayotgan keng ko‘lamli hujum va Baxmutni taktik qo‘lga olishni yakunlash uchun yetarlicha kuch to‘play olmadi, deb hisoblagan bayonotiga e’tibor qaratilgan. Agar 300 000 rossiyalik harbiy xizmatchilar hujumda hal qiluvchi ustunlikni ta’minlay olmasa, keyingi safarbarlik to‘lqinlari paytida qo‘shimcha kuchlarni jalb qilish tubdan boshqacha natijaga olib kelishi dargumon, deya ishonch bildirgan ISW ekspertlari.
Ularning fikricha, Ukraina Qurolli kuchlari tashabbusni qaytarib olish va frontning muhim sektorlarida qarshi hujumni boshlash uchun barcha imkoniyatlarga ega.
Mavzuga oid
15:18 / 22.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha bahs Ukrainaga ko‘mak haqidagi muzokaralarni izdan chiqardi
14:05 / 22.01.2026
RF Ukrainaga “Iskander” va qariyb 100 ta dron bilan hujum qildi
12:56 / 22.01.2026
Tramp Davosda Zelenskiy bilan uchrashmoqchi
10:13 / 22.01.2026