11:56 / 25.03.2023
8607

Samarqandda 50 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda viloyat IIB.

Foto: IIV

Unda, 1996 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro J.Y. mahalliy fuqaroni 50 000 AQSh dollari evaziga Toshkent-YeI-Meksika-AQSh yo‘nalishi orqali AQShga jo‘natishni va’da qilib, zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqaro N.T.dan “avans” sifatida 10 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan

Fuqaro J.Y.ga tegishli avtomashina ko‘zdan kechirilganida esa fuqaro N.T.ga tegishli xorijga chiqish pasporti, uning qiziga tegishli ID-karta, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma va hokazolar borligi aniqlanib, ashyoviy dalillarning barchasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top