22 yoshli yigit baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi.

Foto: Globallookpress
Rossiyaning Leningrad viloyatidagi temir yo‘lda qo‘li yo‘q erkakning jasadi topildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Nashrning yozishicha, jasad Sankt-Peterburg yaqinidagi Tsvilevo va Tixvin stansiyalari orasidan topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhum — 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi.
Yigit quloqchin bilan smartfonga qaragan holda poyezd oldidan o‘tishga uringan. Uning smartfon ushlagan panjasi temir yo‘l qoplamasidan 3 metr naridan topilgan.
Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tekshiruv o‘tkazmoqda.