
Foto: Tribuna.uz
Tailandda o‘tadigan va jahon chempionatiga yo‘llanma beradigan Osiyo Kubogi U-17ga qur’a tashlandi.
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi 2018 yilgi qit’a chempionatida yomon natija (16 jamoa orasida 14-o‘rin) qayd etgani uchun oxirgi savatchadan joy olgandi. Qu’a natijalariga ko‘ra, Jamoliddin Rahmatullayev jamoasi guruhda Yaponiya, Hindiston va Vetnamga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.
A guruhi
Tailand
Yaman
Malayziya
Laos
B guruhi
Janubiy Koreya
Eron
Afg‘oniston
Qatar
S guruhi
Tojikiston
Avstraliya
Saudiya Arabistoni
Xitoy
D guruhi
Yaponiya
Hindiston
Vetnam
O‘zbekiston
Musobaqa 15 iyundan 2 iyulgacha Bangkok va Chonburi shaharlarida o‘tkaziladi.