09:45 / 31.03.2023
4980
Reklama

“O‘zbekinvestdan suyunchi” aksiyasi ikkinchi mavsumining 12 nafar g‘olibi aniqlandi

Sug‘urta bozori yetakchisi – “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan 2022 yil 1 sentabrdan 2023 yil 28 fevralgacha “O‘zbekinvestdan suyunchi 2” aksiyasi o‘tkazildi. Ushbu aksiyada mamlakatimizning barcha hududlaridan ja’mi 30 000 dan ortiq mijozlar ishtirok etdi. Aksiya sovrinlari quyidagilardan iborat bo‘ldi: bosh sovrin – Chevrolet Gentra avtomobili, 3 ta Samsung Smart TV televizori, 3 ta Samsung muzlatkichi, 3 ta AUX konditsioneri, 2 ta IPhone 13 Pro smartfoni.

Foto: O‘zbekinvest

Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun sug‘urta polisining quyidagi turlaridan birini Insurance.uz sayti yoki Uzbekinvest mobil ilovasida rasmiylashtirish kerak edi:

  • avtotransport vositalari egalarining javobgarligini majburiy sug‘urta qilish polisi;
  • baxtsiz hodisalardan sug‘urta polisi;
  • avtotransport vositalarini ixtiyoriy sug‘urta polislari (KASKO).

25 mart kuni soat 18:00 da ZO'R TV telekanalining jonli efirida sovrinlar o‘yini bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar lototron qurilmasi yordamida aniqlandi, unda ishtirokchi haqidagi ma’lumotlar yozilgan kartalar joylashtirildi. G‘oliblarni aniqlash uchun maxsus mehmon – taekvondo bo‘yicha 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashidov taklif etildi.

“O‘zbekinvestdan suyunchi” aksiyasining ikkinchi mavsumi g‘oliblari.

Bosh sovrin - Chevrolet Gentra avtomobili:

Qosimov Ayapbergen (Qoraqalpog‘iston Respublikasi).

3 ta AUX konditsioneri g‘oliblari:

Xodjiyev Boburjon (Samarqand viloyati);

Usmonov Obidjon (Toshkent sh.);

Polvonov Komiljon (Buxoro viloyati).

3 ta Samsung muzlatkichi g‘oliblari:

Adizov Azim (Buxoro viloyati);

Bahriddinov G‘ayrat (Jizzax viloyati);

Raziqov Ikromjon (Toshkent sh.).

3 ta Samsung Smart TV televizori g‘oliblari:

Xoliqov A’zam (Farg‘ona viloyati);

Axadov Yunus (Surxondaryo viloyati);

Salaydinov Ahmadjon (Farg‘ona viloyati).

2 ta IPhone 13 Pro smartfoni g‘oliblari:

Rahimov Sayfullo (Qashqadaryo viloyati);

Hakimova Fazilat (Namangan viloyati).

O‘yinda ishtirok etgan “O‘zbekinvest” kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Alisher Asatullayev barcha aksiya g‘oliblarini tabriklab, kompaniya aksiyaning navbatdagi bosqichi – “O‘zbekinvestdan suyunchi 3” tez orada e’lon qilinishini ta’kidlab o‘tdi.

“O‘zbekinvest” mijozi sifatida siz nafaqat o‘z mulkingizni ishonchli himoya qilishingiz, balki qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Top