18:05 / 03.04.2023
19459

Sergelida 3 ming o‘rinli yangi masjid qurib bitkazildi

Sergeli tumanidagi Qut-baraka mahallasida 3 ming o‘rinli yangi masjid qad rostladi. Hashar yo‘li bilan 2023 yil yanvar oyida qurib bitirilgan «Abdulloh ibn Zubayr» jomesi Sergeli va Yangihayot tumanlarida yashovchi aholiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Masjid – mahalla faollari va saxovatli insonlarning ko‘magi bilan 3 yil davomida qurib bitkazilgan. Masjidda asosiy va yer osti-xonaqohi, tahoratxona, 38 metrli minora, kutubxona va avtoturargoh bor.

Masjid qurilishi uchun barcha tegishli idoralar – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Musulmonlar idorasidan rozilik olingan. Shu bilan birga bino shaharsozlik normasi talablariga ham javob beradi.

Faqat, hozirgi kunda masjid ochilishi va unda ibodatni boshlash uchun Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Alimardon Qarshiyevning imzosi yetishmayapti, deydi mahalla faollari.

Agar hokimlik mulozimi masjid ochilishiga rozilik bildirsa, mahalla faollari tezroq Adliya organlari orqali diniy tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tkazib, Ramazon oyida musulmonlarga quvonch ulashishni reja qilmoqda.

Top