10:34 / 06.04.2023
7492

DXX qariyb 40 kg giyohvandlik vositasining tranzitiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi hamda 1 nafardan Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolari ushlanib, ulardan 12 kg 800 gr «opiy» va 27 kg 50 gr «gashish» narkotik moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Videodan kadr

Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, tezkor tadbir davomida mazkur shaxslar DXX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan qochishga urinishgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan ushbu giyohvandlik vositalari mamlakat hududi orqali boshqa davlatga olib chiqib ketilishi kerak bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top