Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Telegram messenjerida kanal-bot tashkil etgan shaxslar tomonidan giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosi amalga oshirilgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxslar fuqaroga 0,5 gramm gashish giyohvandlik vositasini sotishga kelishib, moddani bot orqali taqdim etilgan geolokatsiya bo‘yicha Urganch tumani, “Killavut” mahallasidagi uy oldida qoldirgan. Giyohvandlik vositasi uchun to‘lov sifatida esa 224,4 ming so‘m fuqaro Ya.G.ning bank kartasiga o‘tkazib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish materiallari tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.









