09:08 / 13.04.2023
6442

Amerika razvedkasi urushga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan 4 ta ssenariyni ko‘rib chiqyapti

The New York Times Amerika razvedkasi tomonidan o‘rganilayotgan urush rivojining to‘rtta ssenariysi haqida yozdi. Ushbu hujjat Pentagonning maxfiy hujjatlari sizdirilishidan olingan.

Foto: Libkos / AP / Scanpix / LETA

Amerika razvedkasi urushning borishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan 4 ta kutilmagan ssenariyni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 12 aprel, chorshanba kuni The New York Times gazetasi Pentagonning sizib chiqqan maxfiy hujjatlaridan biriga tayangan holda ma’lumot berdi.

Birinchi ssenariy - Vladimir Putinning o‘limi, ikkinchisi - Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning o‘limi. Uchinchi ssenariy – Rossiya armiyasi rahbariyatining o‘zgarishi, to‘rtinchisi esa «Ukrainaning Kremlga zarba berishi» ehtimolini o‘z ichiga oladi.

Hujjatda aytilishicha, bu ssenariylar urushning borishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi yoki bunday bo‘lmasligi ham mumkin. Bundan tashqari, ular urushni tugatadigan tinchlik muzokaralariga ham, keskinlashuvga ham olib kelishi mumkin.

Nashrning yozishicha, Vashington eng ko‘p «Ukrainaning Kremlga zarbasi» ssenariysidan xavotirda (hujjatda uning batafsil tavsifi yo‘q), chunki bu Rossiya tomonidan keskin eskalatsiyaga, jumladan, taktik yadro qurolidan foydalanishga olib kelishi mumkin. Biroq, bu zarba, razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Putinni muzokaralar zarurligiga ham undashi mumkin.

Hujjatda u yoki bu ssenariyning ehtimoli qanchalik ekani haqidagi baho mavjud emas.

Ukraina qurolli kuchlarining bosib olingan hududlarni ozod qilish bo‘yicha qarshi hujumi yozgacha qoldirilishi mumkin, deya ma’lum qilgandi Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal. 

«Biz do‘stlarimiz va hamkorlarimiz tomonidan hujum boshlanishi vaqti bo‘yicha bosim sezmayapmiz, - dedi u Amerikaning The Hill nashriga bergan intervyusida. - Bizning barcha do‘stlarimiz va hamkorlarimiz hujumga o‘tish uchun bunga 100 foiz va undan ko‘proq tayyor bo‘lish kerakligini tushunishadi».

AQSh razvedkasi Ukraina qo‘shinlari konsentratsiyasi, o‘q-dorilar va jihozlar taqchilligi bilan bog‘liq muammolar Kiyevning rejalashtirilgan qarshi hujumi haqidagi taxminlarga mos kelmaydi, deb hisoblaydi va aftidan, bosib olingan hududlarning faqat kichik bir qismini Rossiyadan qaytarib olishga imkon beradi, deb yozadi The Washington Post gazetasi 10 aprel kuni internetdagi manbalar va maxfiy hujjatlarga asoslanib.

Nashr fevral oyiga borib taqaladigan «o‘ta maxfiy» hujjatlarga iqtibos keltirgan bo‘lib, unda Ukraina hujumi «kamtarona hududiy yutuqlarga» olib kelishi mumkinligi aytiladi. Kiyev Ukraina sharqidagi hududlarni qaytarib olishni va Rossiya armiyasini annexia qilingan Qrimdan uzib qo‘yish uchun janubda olg‘a siljishni rejalashtirmoqda, biroq «kuchli Rossiya mudofaasi, ukrainalik askarlarning yetarlicha ta’minlanmagani va tayyor emasligi oldinga siljishni to‘xtatib qo‘yishi, yo‘qotishlarni kuchaytirishi mumkin», deb hisoblaydi AQSh razvedkasi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top