07:19 / 18.04.2023
15476

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining yangi o‘rinbosari tanishtirildi.

Bobur Usmonov / Foto: TIV axborot xizmati

2023 yil 17 aprel kuni Tashqi ishlar vazirligi Hay’at yig‘ilishida O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 17 apreldagi qaroriga muvofiq tayinlangan Bobur Usmonov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida tanishtirildi.

B.Usmonov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ishlagan.

Bundan tashqari, u Adliya vazirligi va boshqa tuzilmalarda turli lavozimlarni egallagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning hozirda uch nafar o‘rinbosari bor. Ular: 

2020 yil 21 aprelda lavozimga tayinlangan Erkin Hamroyev;

2021 yil 8 aprelda lavozimga tayinlangan G‘ayrat Fozilov;

2022 yil 14 noyabrda lavozimga tayinlangan Bahrom A’loyev.

Bundan tashqari, TIV tizimida 2017 yil 24 maydan O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili vakili Ismatulla Ergashev ishlab kelyapti.

Mavzuga oid
Top