21:54 / 26.04.2023
5572

Allamjonov O‘zbekiston ta’lim tizimiga befarq bo‘lmagan xalqaro tashkilotlarga minnatdorlik bildirdi 

O‘zbekistonda sifatli maktab ta’limidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha UNICEF va UNESCO qo‘shma loyihasi tayyorlanmoqda. 

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda katta tadqiqot o‘tkazildi. Mavjud muammolarga aniq diagnoz qo‘yib, uning yechimi bo‘yicha aniq strategiya va moliyalashtirish manbalari belgilangandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov yozdi.

«Barcha xalqaro tashkilotlar - UNICEF, UNESCO, USAID va Jahon bankiga O‘zbekiston ta’lim tizimiga befarq bo‘lmagani uchun minnatdorlik bildiramiz. Umid qilamanki, biz hamkorlikda albatta, sifatli ta’lim tizimini yaratishga muvaffaq bo‘lamiz», deb yozdi u. 

Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati UNICEF O‘zbekiston rahbari Munir Mamadzoda va xalqaro tashkilotlar ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazgan, unda O‘zbekistonda sifatli maktab ta’limidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va barcha bolalar, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha UNICEF va UNESCO qo‘shma loyihasi muhokama qilingan edi. 

Top