Universitet prezidenti Eller Granbergning şaxsan özi Allamjonovni yangi tayinlov bilan qutlagan.
Komil Allamjonov bir vaqtning özida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning maslahatçisi sifatida ham faoliyatini davom ettiradi.
CAP direktori Sebastyan Peyruz bu tayinlov Özbekiston va Markaziy Osiyoda keçayotgan jarayonlarni anglaş va ularni xalqaro jamoatçilikka yetkazişda muhim qadam bölişini ta’kidladi.
«Uşbu tayinlov CAPning akademik jamiyat va amaliyotçilar örtasidagi muloqotni rivojlantiriş, şuningdek, Özbekiston va Markaziy Osiyoda amalga oşirilayotgan islohotlar hamda keng qamrovli jarayonlarning xolis tahlilini taqdim etiş böyiça doimiy sa’y-harakatlarini aks ettiradi», - deya ta’kidladi janob Peyruz.
Sebastyan Peyruz Allamjonovning özbek madaniyatini xalqaro miqyosda tarğib qilişdagi roli, ommaviy vositalaridagi faoliyatidan taşqari, Özbekistonda yöl harakati xavfsizligini oşiriş va ta’lim sifatini yaxşilaşga qaratilgan loyihalarda ham iştirok etganini alohida e’tirof etgan.
Ma’lumot uçun, Jorj Vaşington universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo dasturi (CAP) AQŞdagi eng yirik xalqaro munosabatlar maktabi – Elliott maktabi qoşidagi Yevropa, Rossiya va Yevrosiyo tadqiqotlari instituti (IERES) tarkibida faoliyat yuritadi. Dasturning asosiy maqsadi – zamonaviy Markaziy Osiyo böyiça ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş va ekspertlar hamda siyosatçilarni boğlovçi köprik böliş. Şu maqsadda turli siyosiy, akademik, diplomatik va biznes doiralar uçun oçiq muloqot maydoni yaratiladi.
Qamrovi: beşta Markaziy Osiyo respublikasi (Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston), şuningdek Afğoniston, Ozarboyjon, Şinjon-Uyğur avtonomi va Möğuliston.
Dastur siyosatşunoslik, sotsiologiya, antropologiya, iqtisodiyot, tarix, globalizatsiya va xavfsizlik masalalari kabi turli sohalarni qamrab oladi. Unda turli nuqtai nazarlar erkin muhokama qilinadi va xalqaro hamkorlikka yönaltirilgan qöşma loyihalar amalga oşiriladi.
Markaziy Osiyo dasturi Özbekiston uçun ilmiy, diplomatik va iqtisodiy sohalarda katta imkoniyatlar yaratadi. Dastur Özbekistonga xalqaro tadqiqotlardan foydalaniş, yangi ilmiy bilimlar oliş va şu orqali mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga yangiliklar kiritiş imkonini beradi. Bu dastur, xususan, Özbekistonning xalqaro hamjamiyat bilan, ayniqsa Markaziy Osiyo, AQŞ, Yevropa va Rossiya kabi mintaqalar bilan muloqotini kuçaytirişga yordam beradi.

















