10:14 / 01.05.2023
5806

O‘zbekistonlik harbiy shifokorlar Hindistonda amaliyot o‘taydi

27-28 aprel kunlari Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Safar davomida O‘zbekiston va Hindiston Mudofaa vazirliklari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Mezbon mamlakat mudofaa vaziri Rajnat Singx harbiy sohadagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holatini yuqori baholab, o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash uchun hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘pligini qayd etdi.

Muloqot chog‘ida turli loyihalarni birgalikda hayotga tatbiq etish, xususan, Termiz harbiy shifoxonasi faoliyatini rivojlantirish, O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasida kompyuter-laboratoriya sinfini jihozlash haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekistonlik harbiy shifokorlar uchun Hindistonning tegishli tibbiyot muassasalarida qisqa muddatli amaliyotlar o‘tkazishning tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kiberxavfsizlik va boshqa yo‘nalishlarda o‘quv kurslari tashkil etish istiqbollariga e’tibor qaratildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Top