Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iste’molga yaroqsiz tovarlar haqida xabar berganlarni rag‘batlantirish tartibi belgilandi
Kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi belgilandi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori qabul qilindi.
Foto: AP
Hujjatga ko‘ra, 2023 yil 1 iyundan boshlab iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari bo‘yicha murojaatlar Soliq hamkor axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
Soliq hamkor axborot tizimi orqali murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
➖ axborot tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar nazorat va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi;
➖ murojaatlar vakolatli organlar tomonidan 10 ish kunida majburiy tartibda ko‘rib chiqilib, natijasi bo‘yicha murojaat yo‘llagan shaxs xabardor qilinadi, bundan qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno;
➖ tasdig‘ini topgan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimaning 20 foizi, jinoyatlar uchun esa BHM 5 baravarigacha miqdorda rag‘batlantiriladi.
Avvalroq kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlar haqida xabar bergan shaxslar rag‘batlantirilishi prezident qarori bilan belgilangandi.
Mavzuga oid
09:59 / 11.06.2025
Ayrim mahsulotlarning tasnifiy kodi o‘zgartirilmoqda
07:52 / 15.04.2025
Faqat birja orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi
14:30 / 09.04.2025
O‘zbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazadi
16:58 / 26.03.2025