Amazon kompaniyasi 2024 yilda 15 milliondan ortiq soxta mahsulotni aniqlab, yöq qildi. Bu haqda kompaniyaning brendlarni himoya qiliş böyiça yillik hisobotida söz boradi.

Onlayn riteyler 2020 yilda kontrafakt mahsulotlarga qarşi keng qamrovli dastur işga tuşirgan bölib, şundan beri 24 mingdan ortiq huquqbuzar javobgarlikka tortilgan.

Hisobotda qayd etilişiça, ötgan yili kompaniya kontrafakt mahsulotlarga qarşi kuraşga 1 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritgan, xususan, malakali dasturçilarni işga yollagan. Sun’iy intellekt asosidagi vositalarni joriy etiş va takomillaştiriş natijasida onlayn platformada soxta mahsulotlarning 99 foizi savdoga çiqişi oldi olingan.

Brendlarning kontrafakt mahsulotlar böyiça şikoyatlari, tekşiruvlar natijasida tasdiqlangan holatlar soni 2020 yildan beri 35 foizga kamaygan, şu bilan birga, platformadagi mahsulotlar soni yil sayin ortib bormoqda.

Ötgan yili Amazon Transparancy («Şaffoflik») nomli mahsulot tekşiriş dasturiga brendlarning özlarini ham jalb qilib, ularga tizimga kiriş imkoniyatini taqdim etgan. Natijada uşbu tizim orqali 2,5 milliarddan ortiq mahsulot tekşirilgan, dasturda iştirok etayotgan brendlar soni esa sönggi beş yilda 10 mingdan 88 minggaça oşgan.