14:09 / 12.05.2023
14583

Prigojin Shoyguni Baxmutga taklif qildi

Yevgeniy Prigojin Sergey Shoyguni Baxmutga "jangovar tajribasi" bilan bo‘lishish uchun taklif qildi.

Videodan kadr

"Vagner" XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguga "hozirgi vaziyatni mustaqil baholash" uchun Ukrainaning Baxmutiga kelish taklifi bilan murojaat qildi

“Og‘ir operativ vaziyatni, shuningdek, jangovar harakatlardagi ko‘p yillik tajribangizni hisobga olib, Rossiya Federatsiyasi harbiylashtirilgan bo‘linmalari nazorati ostidagi Baxmut aholi punkti hududiga yetib kelishingizni va hozirgi vaziyatni mustaqil baholashingizni so‘rayman”, degan Prigojin 12 may, juma kuni uning matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan maktubida. 

Xuddi shu maktubda Prigojin Rossiya Qurolli kuchlarining Shoygu tomonidan boshqariladigan, "vagnerchilar" qanotlarini yopib turgan hamda mas’ul zonasida Ukraina armiyasi "bir qator muvaffaqiyatli qarshi hujumlarni amalga oshirgan" bo‘linmalari haqida shikoyat qildi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top