Moskva şahar sudi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoyguning sobiq örinbosari Timur Ivanovni 13 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi.

U ikkita talon-torojlikda: 2015 yilda Qrimda parom sotib oliş uçun 216,6 million rublni va «Interkommers» bankiga tegişli 3,92 milliard rublni ömarişda, şuningdek, pul yuvişda aybdor deb topildi. Ikkinçi ayblanuvçi, «Oboronlogistika» AJ sobiq rahbari Anton Filatov şu kabi jinoyatlarni sodir etgani uçun 12 yilu 6 oyga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qilindi.

Ayblov tomoniga köra, ikkala jinoyat ham 2015 yilda, Timur Ivanov Mudofaa vazirligiga qaraşli «Oboronstroy» AJ boş direktori lavozimida işlagan va Anton Filatov uning şu’ba korxonasi «Oboronlogistika» MÇJ direktori lavozimida işlaganida sodir etilgan. Ular yolğiz emas, balki uyuşgan guruhning bir qismi sifatida harakat qilgan. Ularning şerigi deb taxmin qilingan uç nafar şaxs xorijga qoçib ketgan.

Birinçi epizod Gretsiyadan ikkita parom kemasini jami 12,4 million yevroga sotib oliş bilan boğliq. Ayblov tomoni davlat ajratgan mablağ va kemalarga sarflangan mablağ örtasidagi farq öğirlangan deb hisoblamoqda. Ayblov tomoniga köra, pullar ayblanuvçilar nazoratidagi kompaniyalarning bank hisob raqamlariga, xususan, maslahat xizmatlari uçun haq tölaş niqobi ostida ötkazilgan.

Ikkinçi epizod «Interkommers» bankidan turli xil soxta şartnomalar böyiça 3,9 milliard rubl öğirlanişi bilan boğliq. Bunda pul mablağlari 2015 yil yanvar oyida soxta valuta oldi-sotdi şartnomalari asosida bankdan çiqib ketgan va turli yuridik şaxslarga asbob-uskunalar, quriliş materiallari va hokazolarni sotib oliş niqobi ostida çet elga ötkazilgan.

Mart oyi oxirida boşlangan sud jarayonida sudlanuvçilar barça ayblovlarni rad etdi. Işda davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlar mavjudligi sababli sud yopiq tarzda ötkazildi.

Tomonlar bahsida prokuratura Ivanovni 14 yilu 6 oyga, Filatovni esa mol-mulkini musodara qilgan holda 14 yilga ozodlikdan mahrum qilişni talab qildi. Advokatlar ayblanuvçilarni oqlaşni söradi.

Natijada Moskva şahar sudi Timur Ivanovni 13 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi va 100 million rubl miqdorida jarimaga tortdi. Sud qarori bilan u davlat mukofotlaridan mahrum qilindi. Sud sobiq vazir örinbosarining qöl ostidagi xodimi Anton Filatovni 12 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Filatov 25 million rubl jarimaga tortildi. Sud, şuningdek, Ivanov va Filatovdan jabrlangan tomonlarning da’volari böyiça 4 milliard rubldan ortiq mablağ undirdi. Advokatlar hukm ustidan şikoyat qilişi mumkin.