Moskva huquq-tartibot idoralari asli özbekistonlik Şere Şoygu va uning familiyasini olgan turmuş örtoğini kriptovaluta birjasiga 100 million rubldan ortiq sarmoya kiritiş bilan boğliq firibgarlik sxemasiga aloqadorlik böyiça tekşirmoqda. Jabrlanuvçilardan uç nafarining advokati Said Yaraxmedovning TASS'ga aytişiça, aldangan moskvaliklar soni va ulardan öğirlangan pul miqdori ikki baravar oşişi mumkin.

«Biz huquq-tartibot idoralariga jinoyat sodir etişdan oldin familiyasini özgartirgan Şere Şoygu va uning turmuş örtoğiga nisbatan firibgarlik (Rossiya Jinoyat kodeksining 159-moddasi) böyiça tergov ötkaziş va jinoiy iş qözğatişni sörab ariza berdik», — dedi himoyaçi.

Uning sözlariga köra, gap kriptovaluta birjasiga sarmoya kiritiş niqobi ostida moskvaliklarni aldaş haqida ketyapti. 27 yoşli Şerexon Osmonova pasport ma’lumotlarini Şere Şoyguga özgartirib, özini Xavfsizlik kengaşi kotibi Sergey Şoyguning jiyani sifatida körsatgan, söng jabrlanuvçilarning pulini olib yaşiringan, deya tuşuntirdi Yaraxmedov.

«Jinoyatçilarning harakatlaridan körilgan taxminiy zarar hozirda 100 million rubldan oşadi, ammo holatlar soni va umumiy zarar ikki baravar oşişi mumkin», — deya ta’kidladi agentlik suhbatdoşi.