09:43 / 15.05.2023
5692

O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar hajmida ulushi yuqori davlat ma’lum qilindi

2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 56,6 trln so‘mni tashkil etgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 25,1 trln co‘m miqdorida qayd etilgan.

O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:

— Xitoy – 19,9 foiz;
— Rossiya – 15,7 foiz;
— Saudiya Arabistoni – 13,5 foiz;
— Turkiya – 6,1 foiz;
— Kipr – 5,4 foiz;
— Germaniya – 3,3 foiz;
— Shveytsariya – 3 foiz;
— Singapur – 2,9 foiz;
— Hongkong – 2,8 foiz;
— Buyuk Britaniya – 2,7 foiz.

Top