Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vingroup O‘zbekistonda shaharsozlik va turizm loyihalarini o‘rganmoqda
Xanoy shahrida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Vetnamning Vingroup korporatsiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda “Dunyo” AA muxbiri xabar berdi.
Foto: "Dunyo" AA
Ma’lum qilinishicha, Vingroup korporatsiyasi 1993 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, sanoat, texnologiyalar, avtomobilsozlik va infratuzilma qurilishiga ixtisoslashgan Vetnamning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 foizni tashkil etadi.
Imzolangan memorandum doirasida tomonlar O‘zbekistonning rivojlanish ustuvor yo‘nalishlariga mos investitsiya loyihalarini birgalikda o‘rganish va rivojlantirish bo‘yicha kelishib olgan. Xususan, kompaniya shaharsozlik sohasida zamonaviy turar-joy binolari, mehmonxonalar, biznes markazlar hamda savdo-ko‘ngilochar majmualarni barpo etishda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan.
Shuningdek, uchrashuvda yashil transformatsiya, barqaror transport va xizmatlar tizimini rivojlantirish sohasidagi imkoniyatlarni o‘rganish va amalga oshirish masalalari muhokama qilingan. Qayd etilishicha, memorandum O‘zbekistonning turizm salohiyatini kengaytirish, mamlakatni xalqaro sayyohlar uchun yanada jozibador qilish maqsadida rekreatsiya markazlari hamda investitsiya loyihalarini rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Mazkur hujjat ikki mamlakat investitsiyaviy hamkorligida yangi bosqich ochish va strategik loyihalarni amalga oshirish uchun muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Vingroup korporatsiyasi vitse-prezidenti va bosh direktori Nguyen Vet Kuang O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi salohiyatli va nufuzli davlat ekanini ta’kidlab, mamlakatda islohotlar amalga oshirilayotgani hamda qulay investitsiya muhiti yaratilgani kompaniyaga istiqbolli loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish imkonini berishiga ishonch bildirgan.
Mavzuga oid
07:34 / 30.01.2026
Ilmga investitsiya: eng tez o‘sgan mamlakatlar ro‘yxati
12:07 / 27.01.2026
2025 yilda xorijiy investitsiya va kreditlar 33,5 mlrd dollarga yetdi
11:33 / 27.01.2026
O‘zbekiston diplomatlariga eksport va investitsiya bo‘yicha yangi vazifalar yuklandi
15:49 / 23.01.2026