Adliya vazirligi Markaziy bank bilan hamkorlikda kredit va tölov taşkilotlari, şuningdek tölov tizimi operatorlari tomonidan jismoniy şaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar körsatişda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlaş, frod holatlarining oldini oliş böyiça minimal talablar töğrisidagi nizomni davlat röyxatidan ötkazdi.
Nizomga köra, agar fuqaro nomiga onlayn kredit frod (firibgarlik) natijasida rasmiylaştirilgan bölsa va u suriştiruvçi, tergovçi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida jabrlanuvçi deb e’tirof etilsa, kredit taşkiloti mazkur kredit va unga oid foizlarni hisoblaş hamda undirişni töxtatişi şart.
Şu bilan birga, kredit taşkiloti yetkazilgan moddiy zararni frod holatini sodir etgan şaxsdan regress tartibida undiriş huquqiga ega.
Agar kredit taşkilotida frod holatiga şubha paydo bölsa, u qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli organlarga murojaat qiliş huquqiga ega.
Biroq suriştiruv, dastlabki tergov yoki sud qarorlari asosida frod holati mavjud emasligi aniqlansa, kredit taşkiloti onlayn kredit va u bilan boğliq foizlarni hisoblaş hamda undirişni qaytadan davom ettiradi.

















